AI avto-javob
AI menejer 24/7 javob beradi
Narx, manzil, ish vaqti va mavjudlik haqida soniyalarda javob beradi, telefon va buyurtmani yig‘adi. Bilmasa — sizni chaqiradi.
Wayo — biznesingiz uchun AI avto-javob, CRM va ERP bitta tizimda. Mijozlarga kechasi ham javob beriladi, har bir yozgan odam lidga aylanadi, sotuv va ombor esa o‘zi hisoblanadi.
Dilnoza R.
Instagram · Wayo inbox
Bitta tizim
AI avto-javob, CRM va ERP bir-biriga ulangan. Mijoz yozgan daqiqadan kun yakuni hisobotigacha.
AI avto-javob
Narx, manzil, ish vaqti va mavjudlik haqida soniyalarda javob beradi, telefon va buyurtmani yig‘adi. Bilmasa — sizni chaqiradi.
Yagona inbox
Tezlik
~2 s
AI javob berish tezligi — kechasi va bayramda ham
Telegram bot
“Bugungi hisobot”
Mahalliy
Do‘kon, ishlab chiqarish, o‘quv markazi, logistika, kelin salon va xizmat ko‘rsatish.
CRM
Bitimlar voronkasiBu oy: 14,2 mln
Yangi
Azamat
—
Taklif
Sherzod Qurilish
7,2 mln
Yutildi
Baraka Market
4,8 mln
Dilnoza — 60x60
2,16 mln
AI yaratdi · Instagram
ERP
Tushum
8 420 000
Foyda
2 960 000
Cheklar
37
Haftalik sotuv
+18%
Qanday ishlaydi
Sohalar
Kompaniyangiz turini tanlaysiz — menyu, hisobotlar va bot xabarlari shunga moslashadi.
Tovarni skaner bilan urasiz, o‘lcham va rangi bo‘yicha qoldiq o‘zi kamayadi. Naqd, karta, Click, Payme yoki nasiya — bitta chekda. Kechqurun kassadagi pul, foyda va kim qancha sotgani tayyor turadi.
Cheklar
YangiModa Market boti — rahbarga keladi
📊 Bugungi hisobot
Sotuv: 37 chek, 8 420 000 so‘m
Foyda: 2 960 000 so‘m
Eng ko‘p sotgan: Malika
Narxlar
Xodim, tovar va mijoz soni cheklanmagan.
Avval 14 kun bepul ishlatib ko‘ring. Karta talab qilinmaydi.
Sotuv, kassa, ombor, xarid, moliya, xodimlar va maosh
199 000so‘m / oy
Lidlar, mijozlar va bitimlar voronkasi
199 000so‘m / oy
CRM bilan birga ulanadi
+799 000so‘m / oy
Narxlar bitta filial uchun, oylik. ERP va CRM birga — 398 000 so‘m. To‘lov Payme, Click yoki bank kartasi orqali.
14 kun davomida tizim to‘liq ochiq bo‘ladi — hech qanday cheklovsiz va karta talab qilinmasdan. Sinov tugagach kirish to‘xtatiladi, lekin ma’lumotlaringiz saqlanib turadi: tarifni faollashtirsangiz, hammasi joyida turgan bo‘ladi.
ERP — oyiga 199 000 so‘m, CRM — 199 000 so‘m. AI avto-javob paketi — 799 000 so‘m: unga Telegram Business, Instagram, Facebook va WhatsApp kanallari kiradi. Narxlar bitta filial uchun, har bir qo‘shimcha filialning o‘z tarifi bo‘ladi. Xodim, tovar va mijoz soni cheklanmagan.
ERP — ichki ishlar: sotuv, ombor, xarid, moliya, xodimlar va maosh. CRM — mijozlar bilan ishlash: bitimlar voronkasi, kontaktlar va messenjerlardan kelgan xabarlar. Ikkalasini olsangiz, tizim yuqorisidagi ERP | CRM tugmasi bilan bir zumda almashasiz — bitta login bilan.
Mijoz botingizga (yoki Instagram/WhatsApp’ga) yozsa, avval siz belgilagan kalit so‘z qoidalari tekshiriladi (“narx”, “manzil”…). AI avto-javob qo‘shimchasi yoqilgan bo‘lsa, qoida topilmaganda Gemini biznesingiz haqidagi ma’lumot asosida javob yozadi; bilmasa — sizga xabar beradi va operator kutayotgani belgilanadi.
Oylik obuna Payme, Click yoki bank kartasi orqali to‘lanadi.
Yo‘q. Har bir kompaniya ma’lumoti alohida saqlanadi va faqat o‘z xodimlaringizga ko‘rinadi. Xodimlar ichida ham har kim faqat roliga ruxsat berilgan bo‘limlarni ko‘radi, har bir o‘zgarish esa audit jurnaliga yoziladi.
Ha. Oddiy USB yoki Bluetooth skaner (klaviatura rejimida) qo‘shimcha sozlashsiz ishlaydi: tovarni skanerlasangiz, kassada savatga tushadi. Chek 80 mm termoprinterga chiqadi. Shtrix-kodi yo‘q tovarlarga tizim o‘zi kod beradi va narx yorliqlarini chop etadi.
Bor. Har bir tovarda o‘lcham × rang variantlari bo‘ladi: har birining o‘z qoldig‘i, shtrix-kodi va kerak bo‘lsa o‘z narxi. Kassada mijoz so‘ragan o‘lcham bor-yo‘qligi jadvalda bir qarashda ko‘rinadi.
@BotFather orqali bot yaratasiz va uning tokenini ERP sozlamalariga kiritasiz. So‘ng xodim va mijozlaringiz botga /start bosib, telefon raqamini ulashadi — tizim ularni raqam bo‘yicha taniydi.
Ha. Tizim telefon brauzerida to‘liq ishlaydi, shuningdek Telegram ichida Mini App sifatida ochiladi — botdagi “ERP tizimini ochish” tugmasi orqali. Botga ulangan bo‘lsangiz, qayta login qilish shart emas.
Tizimda hozircha avtomatik import yo‘q. Demo paytida ma’lumotlaringizni qanday ko‘chirish qulayligini birga ko‘rib chiqamiz.
Demo
Raqamingizni qoldiring. ERP, CRM va AI imkoniyatlarini ishingiz misolida ko‘rsatamiz.