Wayo ERP

Butun biznes —bitta hisobda

Kassa, ombor, xarid, moliya, xodimlar va maosh. Ishni saytda yoki telefonda yuritasiz, kun yakunini esa Telegram botdan ovoz bilan so‘raysiz.

  • 14 kun bepul, kartasiz
  • O‘zbek tilida
  • Telefon va Telegram Mini App
Wayo
6 soha
do‘kon, ishlab chiqarish, ta’lim, logistika, kelin salon, xizmat
5 to‘lov
naqd, karta, Click, Payme va nasiya — bitta chekda
∞
xodim, tovar va mijoz soni cheklanmagan
14 kun
bepul sinov — karta talab qilinmaydi

Modullar

Biznesingizning butun hisobi

Har bir bo‘lim bir-biriga ulangan: sotuv omborni kamaytiradi, xarid qarzni yozadi, kun yakuni Telegram’ga keladi.

  • 01

    Sotuv va kassa (POS)

    Naqd, karta, Click, Payme yoki nasiya — bitta chekda. Chek 80 mm termoprinterga chiqadi.

  • 02

    Shtrix-kod skaner

    USB yoki Bluetooth skaner sozlashsiz ishlaydi. Kodi yo‘q tovarga tizim o‘zi kod beradi.

  • 03

    Ombor qoldig‘i

    O‘lcham × rang variantlari, har birining o‘z qoldig‘i va shtrix-kodi.

  • 04

    Xarid va kirim

    Kelgan tovar skaner bilan qabul qilinadi, tannarx o‘zi hisoblanadi, yetkazib beruvchiga qarz yoziladi.

  • 05

    Kirim-chiqim

    Har bir tushum va xarajat o‘z joyida. Xarajatni botga ovoz bilan ham yozasiz.

  • 06

    Xodimlar va maosh

    Har kim faqat roliga ruxsat berilgan bo‘limlarni ko‘radi, har o‘zgarish audit jurnaliga yoziladi.

  • 07

    Ishlab chiqarish

    Retsept bo‘yicha xom ashyo o‘zi hisobdan chiqadi, tayyor mahsulot omborga kiradi.

  • 08

    Telegram bot va Mini App

    Kun yakuni hisoboti, ovozli buyruqlar va tizimning o‘zi — Telegram ichida.

Hisobot

Bugungi tushum — bir qarashda

Tushum, foyda, cheklar soni va haftalik o‘sish. Raqamlar kun davomida o‘zi yangilanadi — kechqurun Excel’da hisoblash shart emas.

Bir kun

Do‘kon egasining bir kuni

Ertalabdan kechgacha har bir ish o‘z joyiga yoziladi. Siz faqat qaror qabul qilasiz. Ishlab chiqarish, o‘quv markazi yoki logistika bo‘lsa ham shunday — ekranlar sohangizga moslashadi.

  1. 10:15

    Mijoz “L o‘lcham qora bormi?” deb so‘raydi

    Kassir tovarni skanerlaydi va o‘lcham × rang jadvalida qoldiqni ko‘radi. Omborga yugurish shart emas.

    Futbolka basic

  2. 14:00

    Yangi tovar keldi

    Har bir donani skanerlaysiz, miqdor o‘zi oshadi. Tannarx o‘rtacha hisoblanadi, yetkazib beruvchiga qarz yozib qo‘yiladi.

    Skaner tayyor: har skanerlash +1

    • Futbolka basic M / Oq12 dona
    • Futbolka basic L / Qora8 dona
    • Jinsi shim 32 / Ko‘k6 dona

    Yetkazib beruvchiga qarz2 940 000 so‘m

  3. 18:30

    Xarajatni ovoz bilan yozasiz

    Botga “50 ming elektr xarajat qo‘sh” deysiz. Yozuv Kirim-chiqim bo‘limiga o‘zi tushadi.

    “50 ming elektr xarajat qo‘sh”

    ✅ Chiqim yozildi: Elektr — 50 000 so‘m
  4. 21:00

    Kassa yopiladi, hisob tayyor

    Kassada qancha naqd bo‘lishi kerakligini tizim o‘zi hisoblaydi. Kim qancha sotgani ham shu yerda.

    Kassada bo‘lishi kerak

    3 240 000

    Sanalgan

    3 240 000

    Kassa to‘g‘ri

    • Malika3 910 000
    • Aziz2 870 000
    • Sardor1 640 000

Sohalar

ERP sohangizga moslashadi

Kompaniyangiz turini tanlaysiz — menyu, hisobotlar va bot xabarlari shunga moslashadi.

Kassa, ombor va sotuvchilar bitta hisobda

Tovarni skaner bilan urasiz, o‘lcham va rangi bo‘yicha qoldiq o‘zi kamayadi. Naqd, karta, Click, Payme yoki nasiya — bitta chekda. Kechqurun kassadagi pul, foyda va kim qancha sotgani tayyor turadi.

  • Kassa (POS) va skaner
  • O‘lcham × rang
  • Smena va kassa hisobi
  • Sotuvchilar reytingi
  • Tovar kirimi va revizya
  • Qaytarish va nasiya
Do‘konlar va savdo korxonalari uchun batafsil
Wayo

Moda Market boti — rahbarga keladi

📊 Bugungi hisobot

Sotuv: 37 chek, 8 420 000 so‘m

Foyda: 2 960 000 so‘m

Eng ko‘p sotgan: Malika

Narxlar

Keraklisini oling, keyin qo‘shing

Xodim, tovar va mijoz soni cheklanmagan.

Avval 14 kun bepul ishlatib ko‘ring. Karta talab qilinmaydi.

Wayo ERP

Sotuv, kassa, ombor, xarid, moliya, xodimlar va maosh

199 000so‘m / oy

  • Sotuv, kassa (POS), ombor, xarid va kirim-chiqim
  • Sohangizga mos bo‘limlar: do‘kon, ishlab chiqarish, o‘quv markazi, logistika, kelin salon
  • Xodimlar va maosh hisobi
  • Kompaniyangizning Telegram boti

Wayo CRM

Lidlar, mijozlar va bitimlar voronkasi

199 000so‘m / oy

  • Lidlar va bitimlar voronkasi (kanban)
  • Kontaktlar va mijoz tarixi
  • Kompaniya Telegram botiga kelgan xabarlar — inbox
  • Kalit so‘z bo‘yicha avto-javoblar
  • Vazifalar va eslatmalar
AI

AI avto-javob + kanallar

CRM bilan birga ulanadi

+799 000so‘m / oy

  • AI menejer 24/7 Telegram, Instagram, Facebook va WhatsApp’da javob beradi, telefon va buyurtmani yig‘adi
  • Telegram Business
  • Instagram Direct
  • Facebook Messenger
  • WhatsApp Business

Narxlar bitta filial uchun, oylik. ERP va CRM birga — 398 000 so‘m. To‘lov Payme, Click yoki bank kartasi orqali.

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Javob topmadingizmi? Bizga yozing.

ERP — ichki ishlar: sotuv, ombor, xarid, moliya, xodimlar va maosh. CRM — mijozlar bilan ishlash: bitimlar voronkasi, kontaktlar va messenjerlardan kelgan xabarlar. Ikkalasini olsangiz, tizim yuqorisidagi ERP | CRM tugmasi bilan bir zumda almashasiz — bitta login bilan.

Yo‘q. Har bir kompaniya ma’lumoti alohida saqlanadi va faqat o‘z xodimlaringizga ko‘rinadi. Xodimlar ichida ham har kim faqat roliga ruxsat berilgan bo‘limlarni ko‘radi, har bir o‘zgarish esa audit jurnaliga yoziladi.

Ha. Oddiy USB yoki Bluetooth skaner (klaviatura rejimida) qo‘shimcha sozlashsiz ishlaydi: tovarni skanerlasangiz, kassada savatga tushadi. Chek 80 mm termoprinterga chiqadi. Shtrix-kodi yo‘q tovarlarga tizim o‘zi kod beradi va narx yorliqlarini chop etadi.

Bor. Har bir tovarda o‘lcham × rang variantlari bo‘ladi: har birining o‘z qoldig‘i, shtrix-kodi va kerak bo‘lsa o‘z narxi. Kassada mijoz so‘ragan o‘lcham bor-yo‘qligi jadvalda bir qarashda ko‘rinadi.

@BotFather orqali bot yaratasiz va uning tokenini ERP sozlamalariga kiritasiz. So‘ng xodim va mijozlaringiz botga /start bosib, telefon raqamini ulashadi — tizim ularni raqam bo‘yicha taniydi.

Ha. Tizim telefon brauzerida to‘liq ishlaydi, shuningdek Telegram ichida Mini App sifatida ochiladi — botdagi “ERP tizimini ochish” tugmasi orqali. Botga ulangan bo‘lsangiz, qayta login qilish shart emas.

Tizimda hozircha avtomatik import yo‘q. Demo paytida ma’lumotlaringizni qanday ko‘chirish qulayligini birga ko‘rib chiqamiz.

Demo

Wayo sizning biznesingizda qanday ishlashini ko‘ring

Raqamingizni qoldiring. ERP, CRM va AI imkoniyatlarini ishingiz misolida ko‘rsatamiz.

  • Sizga mos ERP va CRM jarayonlari
  • Hozirgi jadvallaringizni ko‘chirish bo‘yicha maslahat
  • AI yordamchi va xabar javoblari qanday ishlashi

Raqamingiz faqat shu ariza uchun ishlatiladi.